Afg‘onistondagi maktablar 23 mart kuni barcha o‘quvchilar — ham o‘g‘il, ham qiz bolalar uchun ochilishi kerak edi, biroq o‘qish boshlangan kuni 6-sinfdan katta o‘quvchi qizlarlarga darsga kirishga ruxsat berilmadi yoki dars boshlanganidan bir necha soat o‘tib ketish buyrug‘i berildi. «De-fakto hokimiyatning layoqatsizligi, ularning bir necha bor va’da berishiga qaramasdan, 6-sinfdan kattaroq qizlar uchun maktablar qayta ochilmasligi chuqur umidsizlikka tushirdi. Bu Afg‘onistonga jiddiy zarar yetkazadi», — dedi BMT Bosh kotibi.
Afg‘onistonda qashshoqlik va ocharchilikdan aziyat chekayotgan aholi orasida jon saqlab qolish ilinjida voyaga yetmagan qizlarini turmushga sotish holatlari soni ortib bormoqda. «Tolibon» rasmiysi erta nikoh holatlarini iqtisodiy muammolar bilan izohlab, bunga amirlik yoki shariat qoidalarining aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting